Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Sergelida firibgar folbin qo‘lga olindi

A A A
Sergelida firibgar folbin qo‘lga olindi

Sergeli tumani IIO FMBga 56 yoshli Nagima O. murojaat qildi. Uning aytishicha, 2019 yili 2 dekabr kuni uning uyiga notanish ayol kelib, uning uyiga va katta o‘g‘liga sehr tekkaniga ishontirgan.

Notanish ayol yordam berishini va “sehrdan xalos etishini” va’da qilgan. O‘z “xizmati” uchun esa Nagimadan  1 500 AQSh dollari va umumiy qiymati 1 300 AQSh dollariga teng bo‘lgan tilla taqinchoqlarni olib, voqea joyini tark etgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.  Ko‘rilgan choralar natijasida firibgarlikdan gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qashqadaryolik 32 yoshli Manzura B. qo‘lga olindi. Ehtiyot chorasi: shaxsiy kafillik. Hurmatli fuqarolar, hayotingizdagi muammolaringizni yechishni va’da qilayotgan folbinlarga ishonmang.

Kiritildi: 08:03 04.03.2020. O'qildi: 3543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik