Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sergelida avtobus ag‘darilib ketdi

Sergelida avtobus ag‘darilib ketdi

Shanba kuni Sergelida “Isuzu” rusumli 104-yo‘nalishdagi avtobus ag‘darilib ketdi. YTH natijasida 2 kishi kasalxonaga yotqizildi. Qolganlar tekshiruvdan o‘tkazilib, uyiga ruxsat berib yuborildi. Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

24 avgust kuni soat 18:30larda Toshkent shahridagi “12-sonli avtobus saroyi” AJ haydovchisi 57 yoshli F.M. 104-yo‘nalishidagi “Isuzu” rusumli avtobusni Sergeli tumanidagi Xonobod tepa ko‘chasida joylashgan “Laylo” to‘yxonasi oldida haydab ketayotgan vaqtida avtobusning old chap tomon ressor qismi sinib ketgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni eplay olmagan va avtobus ag‘darilgan.

4 yoshli qizcha jarohat oldi

Natijada avtobusning 2 nafar yo‘lovchisi, Sergeli tumanida yashovchi 59 yoshli G.X. ismli ayol va Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi 2015 yilda tug‘ilgan Z.P. ismli qiz jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

6 kishi tekshiruvdan o‘tkazilib, uyiga jo‘natildi

Avtobusda bo‘lgan 6 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Shuningdek, avtobusning qolgan yo‘lovchilari hech qanday tan jarohati olmagan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:48 25.08.2019. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!