Toshkentda uglerod oksidi (SO) miqdori ortib bormoqda. Sergeli tumani esa havosi yuqori ifloslananligi bo‘yicha oldingi o‘rinda.
O‘zgidromet va Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Toshkent shahrida so‘nggi 10 yillikdagi (2011-2021 yy) havo ifloslanish monitoring natijalari bilan bog‘liq maqolani bo‘lishishgan.
So‘nggi o‘n yilda Toshkent shahri atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar barcha tumanlarda ruxsat etilgan me’yordan past bo‘lganligi, faqat uglerod oksidi (SO)ning miqdori yuqori bo‘lganligi kuzatilgan. Atmosferaning ifloslanish indeksi (AII) ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning ifloslanish darajasi Sergeli tumanida juda yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
Tadqiqotda yana bir qiziq fakt e’tiborimni tortdi. Yirik shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishining asosiy manbalaridan biri avtotransport vositalari dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlar hisoblanadi. Respublikada atmosferaga zararli tashlanmalarning 58 foizi avtotransport vositalariga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrida esa bu ko‘rsatkich 70 foizni tashkil qiladi.