Ushbu masala yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifa qo‘yilgani haqida Sergeli tumani aholi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi.
Davlatimiz rahbari kichik biznesni rivojlantirish, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish zarurligini ta’kidladi.
Hududda transport va kommunal xo‘jalik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Jumladan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan qiymati 83 million dollar bo‘lgan, 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yer usti metrosi qurilmoqda. Uni joriy yil sentyabr oyida foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yilgan.