Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Serbiyaning eng yirik aviakompaniyasi Rossiyaning ikki shahriga parvozlarni to‘xtatdi

A A A
Serbiyaning eng yirik aviakompaniyasi Rossiyaning ikki shahriga parvozlarni to‘xtatdi

Serbiyaning eng yirik aviakompaniyasi Air Serbia yanvar oyi oxiridan boshlab Belgraddan Rossiyaning Qozon (Tatariston Respublikasi) va Sochi (Krasnodar o‘lkasi) shaharlariga parvozlarni to‘xtatadi.

Bu haqda Rossiya Turoperatorlari assosiasiyasining telegram-kanalidagi xabarida aytilgan.

Air Serbia bron qilish tizimiga ko‘ra, qishki jadvaldagi oxirgi reys Qozondan Belgradga 19 yanvarda, Sochidan esa 20 yanvarda amalga oshiriladi.

“Air Serbia aviakompaniyasining jadvali hali ham Belgraddan Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.

Biroq aviakompaniya hozircha reyslarning bekor qilinishi yuzasidan hech qanday rasmiy izoh bermagan.

Kiritildi: 23:26 04.01.2025. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!