Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Senatorga tuxum uloqtirgan yigit o‘zi uchun yig‘ilgan pullarni musulmonlarga beradi

Senatorga tuxum uloqtirgan yigit o‘zi uchun yig‘ilgan pullarni musulmonlarga beradi

Avstraliyalik senator Freyzer Enningning boshida tuxum chaqqan yigitcha o‘zi uchun yig‘ilgan pullarning katta qismini Kraystcherchdagi terakt qurbonlarining oilalariga beradi.

Avvalroq senator Enning Yangi Zelandiyadagi teraktni izohlar ekan, bunda musulmonlarning o‘zini ayblagan edi. Uning gaplariga norozilik sifatida 17 yoshli Uill Konnolli senatorning boshida tuxum chaqdi.

New Zealand Herald nashrining yozishicha, GoFundMe kraudfanding platformasida yuridik xizmatlar haqini to‘lashi va ko‘proq tuxum sotib olishi uchun Uilli Konnolliga pul yig‘ish boshlangan. Kampaniya doirasida 42 ming dollar yig‘ilgani aytilmoqda.

Kiritildi: 13:45 20.03.2019. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!