Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Senator “har qanday laycha”ga o‘z joyida javob berishga chaqirdi

Senator “har qanday laycha”ga o‘z joyida javob berishga chaqirdi

Oliy Majlis Senatining 5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida Milliy axborot agentligi bosh direktori, senator Abdusaid Ko‘chimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston har qanday tashqi tahdidlarga o‘z o‘rnida javob qaytarishi lozimligini bildirdi.

"Karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuchga, akillagan har qanday laychaga qarshi o‘z joyida javob berishimiz, popugini pasaytirib qo‘yishimiz shart! Bizni boshqalar tan olishiga majbur qilishimiz kerak", — dedi senator.

Ko‘chimov dunyoda bir-biridan chigal tugunlar ko‘payib borayotgani, ular orasidan “bamisoli bomba ko‘milgan maydonda yurgandek yurish naqadar og‘irligi”, dunyoning bugungi qoidalari keskin o‘zgarib borayotganini ta’kidladi.

"Zo‘ravon siyosatchilar, ayrim zo‘ravon arboblar, bamisoli muz ustida raqs tushayotgan raqqoslar singari bir daqiqadan keyin qaysi tomonga burilishini, qaysi tomonga shox tashlashini hech kim bilmaydigan bir zamonda yurish, bu hech birimizni bir daqiqa ham xotirjam bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi", — dedi. u.

Eslatib o‘tamiz, yanvarda rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operasiya” boshlashi kerakligi haqida gapirgandi. Jamoatchilik rasmiylardan qat’iy munosabat bildirishni so‘rab, Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda nota berishi kerakligini ta’kidladi.

Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova bu Solovyovning so‘zlarini “shaxsiy fikr” deb atadi.

Keyinroq rossiyalik faylasuf Aleksandr Duginning Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari Rossiya bilan ittifoq tarkibiga kirishi kerakligini aytib chiqish qildi. "Suveren Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, O‘zbekiston mavjudligiga rozi bo‘lish mumkin emas. Ular yo bizning lagerda bo‘ladi, yoki G‘arb yo Xitoyning plasdarmiga aylanadi", — degandi u.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!