Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Senatda bank kartalaridan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlariga barham berilmaganligi tanqid qilindi

Senatda bank kartalaridan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlariga barham berilmaganligi tanqid qilindi

Senatning 52-yalpi majlisida O‘zbekiston Markaziy bankining 2023 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2023 yilda tijorat banklaridagi milliy valyutadagi depozitlar qoldig‘i 2022 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, qariyb 170 trln so‘mni tashkil etgan.

Jismoniy shaxslarning depozitlari qoldig‘i 1,4 barobarga o‘sib, 64 trln so‘mga, yuridik shaxslarning depozitlari qoldig‘i 1,2 barobardan ko‘proq oshib, qariyb 106 trln so‘mga yetgan.

2023 yilning I choragidan boshlab inflyasiya darajasining pasayish tendensiyasiga o‘tganligi sababli 2023 yil mart oyidan asosiy stavka 15 foizdan 14 foizga pasaytirilgan.

Pul-kredit sohasidagi ushbu chora-tadbirlar inflyasiya darajasini yuqori sur’atlarda o‘sishini jilovlash imkonini berib, 2023 yil yakunlari bo‘yicha inflyasiya darajasi 8,8 foiz atrofida shakllangan.

Shu bilan birga, senatorlar Markaziy bank tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalarga e’tibor qaratib, fuqarolarning bank kartalaridan turli firibgarlik yo‘llari bilan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlariga barham berilmagani, Humo va Uzcard to‘lov terminallari tizimini integrasiya qilish ishlari yakunlanmagani, muammoli kreditlarning umumiy kredit portfelidagi ulushi deyarli o‘tgan yilgi darajada saqlanib qolayotganini qayd etdilar.

Markaziy bankning 2024 yilgi faoliyatida bazaviy inflyasiya darajasini pasaytirish choralarini ko‘rish, narxlar barqarorligini ta’minlash, to‘lov tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash va xizmatlar ko‘lamini kengaytirib borish hamda pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan yechilishining oldini olishga qaratilgan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish borasida ishlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Kiritildi: 19:25 18.05.2024. O'qildi: 1259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!