Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida yo‘l harakati xavfsizligi, yer munosabatlari, farmasevtika, tibbiyot xodimlari bayrami va chet elliklarning O‘zbekistonda ishlash tartibiga oid qonunlar ma’qullandi.
Asosiy o‘zgarishlar:
▪️Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchayadi. Mast holda qayta avtomobil boshqarganlar 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga mashina boshqarishni topshirish, tezlikni keskin oshirish va yo‘lda xavfli harakatlar qilish uchun ham jazolar kuchaytiriladi. Tezlikni 80 km/soatdan ortiq oshirgan haydovchiga 65 BHM jarima va 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosi belgilanadi.
▪️Er munosabatlariga oid qoidalar o‘zgaradi. Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga qarshi choralar kuchaytiriladi, bo‘sh yer uchastkalaridan foydalanish va ularni birlashtirish tartibi aniqlashtiriladi. Yer ijarasi huquqidan lizing va ipoteka majburiyatlarini ta’minlash uchun foydalanish imkoniyati ham kengayadi.
▪️Tibbiy jihozlarni chakana sotish uchun alohida lisenziya talab qilinmaydi. Buning o‘rniga vakolatli organni xabardor qilish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, dori vositalari va tibbiy jihozlarni boshqa farmasevtika tashkilotida shartnoma asosida ishlab chiqarishga ruxsat beriladi.
▪️Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot va farmasevtika xodimlari kuni etib belgilanadi.
▪️O‘zbekistonda ruxsatsiz ishlagan chet elliklarga 10 BHM jarima solinadi. Qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa yoki jarima to‘lanmasa, ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi va O‘zbekistonga kirishi uch yilga cheklanadi.