Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Sazagan” dala-o‘quv maydonida harbiy texnikalarning ko‘rgazmali mashg‘uloti o‘tkazildi

“Sazagan” dala-o‘quv maydonida harbiy texnikalarning ko‘rgazmali mashg‘uloti o‘tkazildi

Samarqand temir yo‘l bekati, shaxobchasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi tomonidan “Sazagan” dala-o‘quv maydonida Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi uchun harbiy texnika va harbiy yuklarni temir yo‘l orqali tashish, yuklash-tushurish bo‘yicha temir yo‘l xodimlari va okrug radiasion kimyoviy biologik muhofazasi bo‘linmalari ofiserlari bilan hamkorlikda ko‘rgazmali va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

O‘quv mashg‘ulotiga asosan yosh harbiy xizmatchilar jalb etilib, dastlab texnika xavfsizligi talablariga rioya etish va texnikalarni vagonlarga yuklashda ehtiyot choralariga e’tibor qaratishga oid tushunchalar berib o‘tildi.

Ko‘rgazmali tarzda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida texnikalarni platformalar orqali vagonlarga yuklash-tushurish, ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda mahkamlash, texnikalarni tashishda niqoblash ishlarini tashkil etish kabi mashg‘ulotlar amaliy tarzda namoyish etildi.

Kiritildi: 19:05 19.02.2020. O'qildi: 2477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!