Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sayyoramizda hali ham koronavirus yetib bormagan joylar borligini bilasizmi?

Sayyoramizda hali ham koronavirus yetib bormagan joylar borligini bilasizmi?

Sayyoramizda hali ham koronavirus yetib bormagan joylar mavjud. Bular Italiyaga tegishli izolyasiya qilingan orollardir.

Shunday qilib, Sisiliya va Tunis o‘rtasida O‘rta Yer dengizda joylashgan Linosa orolida COVID-19 bilan kasallangan bironta ham odam yo‘q. Orolga faqat paromda borish mumkin, bunga 12 soat vaqt ketadi. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda pandemiya boshlanganidan beri orolda hech narsa o‘zgarmagan. Shahar hokimi Linosa Toto Marteloning ta’kidlashicha, aholi “begonalardan shubhalanadi va o‘z xavfsizligini himoya qiladi”. Orolga kelishdan oldin barcha kelganlar koronavirus testini topshirishlari kerak.

Shuningdek, Tremiti arxipelagida ham shu paytgacha birorta ham koronavirus holati qayd etilmagan. Uning aholisi asosan ikkita asosiy orolda – San-Nikola va San-Dominoda istiqomat qiladi. Qolgan uchta Tremiti orollarida odamlar yashamaydi. Parom bilan bir soatlik masofada joylashgan Termoli materik porti qattiq nazoratga ega. Barcha kelgan yoki ketayotgan sayohatchilarning tana harorati qayd qilinadi va ularning shaxsiy guvohnomalari tasdiqlanadi.

Shuningdek, Felicudi va Alikuda orollari xam koronavirusdan holi makon hisoblanmoqda.

Kiritildi: 12:45 01.03.2021. O'qildi: 2464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!