Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sayyoramizda 100 metrlik sunami qayd etilgani ma’lum qilindi

Sayyoramizda 100 metrlik sunami qayd etilgani ma’lum qilindi

Londonning Brunel universiteti va Tokio universiteti olimlari 2018 yilda balandligi 100 metr keladigan sunami yuz berganini qayd qilishdi. Bu haqda Phys.org nashrida ma’lum qilindi. 

Mutaxassislar tomonidan dengiz sathi haqida to‘lqin datchiklari yordamida to‘plangan ma’lumotlar 100 metrlik to‘lqin shakllanganini ko‘rsatgan. Sunami Indoneziyadagi Anak-Krakatau vulqoni otilishi oqibatida yuzaga kelgan.

Anak-Krakatau yaqinidagi 5 ta nuqtadan olingan ma’lumotlarga asoslangan kompyuter modeliga ko‘ra, vulqon 2018 yilda 100 metrlik sunamini hosil qilgan.

Sunami vulqondan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan eng yaqin kimsasiz orolga yetib borganda, uning balandligi 80 metrgacha pasaygan. Olimlar to‘lqin balandligining bunday kamayishini Yerning gravitasion ta’siri va dengiz tubiga ishqalanish bilan tushuntirishdi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar to‘lqin boshqa tomonga ketganda, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. 2018 yilda 3-15 metrlik sunami Sumatra orolida 400 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. 1883 yilda esa Krakatau vulqonining otilishi oqibatida hosil bo‘lgan 46 metrlik sunami 36 ming kishining umriga zomin bo‘lgan.

Kiritildi: 06:31 30.11.2019. O'qildi: 2871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!