Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Saylov adolatli o‘tdi, aqldan ozmang": Ikki mamlakat xalq artisti haqoratlarga munosabat bildirdi

"Saylov adolatli o‘tdi, aqldan ozmang": Ikki mamlakat xalq artisti haqoratlarga munosabat bildirdi

Ukraina hamda Rossiya xalq artisti, Moldova san’at ustasi Nikolay Baskov Aleksandr Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlovchi konsertda qatnashganidan keyin Internetda o‘ziga qarata aytilgan haqoratlarga kutilmaganda javob qaytardi.

Xonanda o‘zining Feysbukdagi rasmiy akkauntida odamlarga murojaat qilib, boshqalardan farqli fikrga ega bo‘lganlarni kamsitib, haqorat qilishni to‘xtatishlarini so‘radi.

"Mamlakatni va prezidentni barqaror ravishda qo‘llab-quvvatlaganini" ma’lum qilgan Nikolayning aytishicha, u hech qanday noto‘g‘ri ish qilmagan.

Saylangan Belorusiya rahbaridan mamnunligini qo‘shimcha qilgan Rossiyalik shou-biznes yulduzi saylov halol o‘tganini, shu bois Aleksandr Lukashenko qonuniy prezident ekanligini ta’kidladi.

Xonanda, shuningdek, belaruslarga "o‘zlaridan boshlashni" maslahat berdi. Zero, qalblarida tinchlik va osoyishtalik bo‘lgan insonda, boshqalarni “loyga botirish” istagi bo‘lmaydi.

Baskovning so‘zlariga ko‘ra, o‘z navbatida, muxolifat vakillari boshqa odamlarning asablarini behuda buzmaclik uchun halol va jiddiy bo‘lishlari kerak.

Kiritildi: 21:23 19.09.2020. O'qildi: 3909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!