Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayhunobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovgacha tekshiruv davomida “Q.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, korxona ishlab chiqarish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulangani aniqlandi.
🔌 Ushbu holat orqali ular davlatga 802,2 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.