Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistonida ayol sudyalar ish boshlaydi

Saudiya Arabistonida ayol sudyalar ish boshlaydi

Saudiya Arabistonida ayollar yaqin kelajakda sudya sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu haqda Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Hinda Zohid xonim aytib o‘tgan.

“Al-Arabiya” bilan suhbatda Zohid xonim shuningdek Qirollik ayollarining imkoniyatlarini kengaytirishga, xususan, ularning jamiyat hayotining turli sohalarida ishtirok etishlariga imkon berish, mamlakatda gender tengligi  masalalari bo‘yicha erishilgan muaffaqiyatlarga  to‘xtalib o‘tgan.  

Ayollarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtirokini baholovchi xalqaro reyting kompaniyalari  Saudiya Arabistoni ayollar huquqlari borasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganini ma’lum qilgan. Xususan, Saudiya ayollarining Qirollik mehnat bozoridagi ishtiroki kutilganidan oshib ketganligi ta’kidlangan.

«Ayollarning ishtirok etish darajasi bugungi kunda 31 foizga yetdi va bu juda katta yutuq. Davlat xizmati sohalariga kelsak, saudiyalik ayollarning ishtirok etish darajasi 39 foizdan 41 foizgacha o‘sdi va ularning aksariyati ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ishlaydi”, degan Zohid xonim.

Kiritildi: 20:30 17.01.2021. O'qildi: 1486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!