Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Saad Nosir Abdulla Abu Haymed Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasiga yangi rahbar tayinladi. Saad Nosir Abdulla Abu Haymed mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Yangi elchi Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida rasman ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qilib, so‘nggi yillarda hamkorlik izchil va jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalar, investisiya loyihalari, energetika sohasidagi hamkorlik, shuningdek, madaniy va gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo‘nalishlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Tashqi ishlar vaziri yangi elchiga O‘zbekistondagi faoliyatida muvaffaqiyat tilab, diplomatik missiya ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi. Saad Nosir Abdulla Abu Haymed ushbu lavozimda 2025 yil dekabr oyida o‘z diplomatik missiyasini yakunlagan Yusuf al-Utaybi o‘rnini egalladi.

Kiritildi: Bugun 20:28. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!