Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni qiroli: "Hammasiga Eron aybdor"

Saudiya Arabistoni qiroli: "Hammasiga Eron aybdor"

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz al Saud arab davlatlari boshliqlarini favqulodda sammitini yig‘ishga chaqirdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Tashqi Ishlar vazirligiga tayanib Al Arabiya telekanali xabartarqatdi

Sammitning favqulodda yig‘ilishiga sabab, Saudiya bundan bir necha kun oldin o‘z neft quvurlariga yamanlik xusiylar hujum qilishi ortida Eron turibdi deb hisoblamoqda.

Shu tufayli ham Saudiya arab davlatlari rahbarlari bilan Eronning o‘sha ishlariga munosib javob berishni mo‘ljallamoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Saudiya Arabistoni neft quvurlariga qilingan hujumni, Yamanda faoliyat yuritadigan jangari Xusiy guruhlar qilganini tan olgan edi.

Ularni esa Eron qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinmoqda.

Shu tufayli ham Saudiya qiroli arab davlatlari yordamida Eronni jazolamoqchi.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 06:30 20.05.2019. O'qildi: 1571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!