Saudiya Arabistoni Vashingtondan norozi va Xitoydan neftni dollar o‘rniga yuanga sotishni so‘ramoqda. Bu haqda American Thinker xabar berdi. Maqola muallifi bu norozilik sabablarini tushuntiradi. Uning fikricha, Xitoy u qadar kuchli emas.
AQSh dollari bugungi kunda jahonning zaxira valyutasi hisoblanadi. Bu turli valyutadagi mamlakatlar o‘rtasidagi operasiyalar dollarda amalga oshirilishini anglatadi. Zaxira valyutasi barqaror va oson kirish mumkin bo‘lishi kerak, shuningdek, xavfsiz valyuta deb hisoblanishi kerak. Aytish mumkinki, ma’lum ma’noda, zaxira valyutasi o‘zini o‘zi amalga oshiradigan bashoratdir, chunki u o‘z maqomi tufayli qadr-qimmatini oshiradi. Xuddi shu holat Amerikaning katta qarz yukini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bois Saudiya Arabistoni Vashingtondan norozi bo‘lib, Xitoyga neftni dollar o‘rniga yuanga sotishga umid qilayotgani haqidagi xabar juda xavotirli yangradi.
Gap shundaki, saudiyaliklar Baydenning Amerikasiga ishonmaydi.
«Saudiyaliklar AQSh ularning Yamandagi fuqarolar urushiga aralashuvini qo‘llab-quvvatlamaganidan g‘azabda, Bayden ma’muriyati esa Eron bilan yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bundan tashqari, Saudiyaning yuqori darajadagi rasmiylari AQShning Yamandagi fuqarolar urushiga shoshilinch ravishda chiqib ketganini tan oldilar. O‘tgan yili Afg‘oniston ularni hayratda qoldirdi», deb yozadi manba.