Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sardoba toshqini natijasida zararlangan qabrlar qayta tiklanmoqda

Sardoba toshqini natijasida zararlangan qabrlar qayta tiklanmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev «Sardoba» suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida ma’lumot berdi.

— Mirzaobod, Sardoba, Oqoltin tumanlarida joylashgan 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi.

— Nobud bo‘lgan 26 ta hayvonning jasadlari ko‘mildi va ko‘milgan joylar dezinfeksiya qilindi.

— 4 877 ta zarar ko‘rgan xonadon va 88 ta ijtimoiy soha ob’ektidagi hojatxonalar o‘rganilib, 4 965 ta dezinfeksiya ishlari tugatildi.

— 5 171 ta uy loyqadan tozalandi va 84 tonna chiqindi olib chiqildi.

— 62 mingga yaqin uy hayvoni kuydirgi kasalligiga qarshi emlandi.

— Qozog‘istonda toshqin oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari uchun, Turkiston viloyati Maktaaral va Jetisay tumanlaridagi amaliy ishlarga 180 nafar shaxsiy tarkib va 89 ta texnika jalb etilgan.

Kiritildi: 17:39 01.06.2020. O'qildi: 2277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!