Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Sardoba suv ombori kerakmi? Mirziyoyev javob berdi

A A A
Sardoba suv ombori kerakmi? Mirziyoyev javob berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan safari davomida "Sardoba" suv omborini qurish nega kerak bo‘lgani haqida gapirgan. Bu haqda "O‘zbekiston 24" xabar berdi.

"Albatta, kimdir savol berishi mumkin, shu suv ombori kerakmidi yoki yo‘qmidi, degan. Hozir ham savollar ko‘p. Nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan? Suv bo‘lmagan. Dehqon odam biladi - paxtaga (uning yetishtirilishi davomida) besh-olti marta suv berish kerakligini. Nega boshqa hududlarda 40-70 sentner bo‘ladi (hosil), bu viloyatlarda esa 15 sentner? Ikki marta suv berolmaslikdan. Ikkinchidan - biror marta takror ekin eka olarmidik? Suv yo‘q edi-ku? Shuning uchun 2010 yil eng to‘g‘ri xulosa bo‘lgan", - dedi prezident va "lekin talofat hech kimni ayamaydi", deya qo‘shimcha qildi.

Davlat rahbarining aytishicha, hozir Fransiyadan, Yevropadan, Osiyodan, Turkiyadan va Rossiyadan dunyoning eng kuchli ekspertlari kelishi kutilmoqda.

Mutaxassislar shu ob’ekt qurilishi mumkinmidi yoki yo‘q, shuningdek ro‘y bergan falokatga xolisona baho beradilar, dedi Mirziyoyev.

Kelajakda bu suv omboridan qanday foydalaniladi, qanday qilib bu ofat takrorlanmasligi haqida mahalliy xalq bilan maslahat ishlaridan so‘ng, ob’ekt tiklanadi, deb va’da berdi prezident. 

Kiritildi: 13:49 16.05.2020. O'qildi: 3828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!