Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ilyos Erbutayev suv toshqini vaqtida oqib ketgan gvardiyachilar haqida ma’lumot berdi.
"Tekshirish jarayonida kuchli suv oqimi ostida kapitan Sanjar Ibragimov, Suyunov Hazrat va Suyarov Husniddinlar oqib ketdi.
Kapitan Ibragimov Bobur MFY hududida oqimdan chiqib oldi. Serjant Suyarov Husniddinni o‘limidan so‘ng topdik, Suyunov Hazrat hali topilmadi", dedi u.