Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sardoba fojiasida 6 mingga yaqin uy hayvonlari nobud bo‘lgan

A A A
Sardoba fojiasida 6 mingga yaqin uy hayvonlari nobud bo‘lgan

Sirdaryoda o‘tkazilgan Xalqaro press-klub sessiyasida qatnashgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Komiljon Aripov Sardoba texnogen falokatida halok bo‘lgan chorva mollari bo‘yicha axborot berdi.

«Vazirlik tomonidan voqea joyiga 9ta dezinfeksiya guruhlari jalb etildi. 98 nafar shaxsiy tarkib, 20ta texnika sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda joylarda epidemiyaning oldini olish ishlarida qatnashdi.

Xavfli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida nobud bo‘lgan hayvonlarni jamlab 5ta joyda qazilgan hayvonlar qabristonlariga 5 859 bosh hayvonlar ko‘mildi. Yerga avval 1,5 santimetrli xlor sepildi, jasadlar ko‘milganidan keyin ham yana xlorlandi va beton quyildi. Bundan tashqari, zarar ko‘rgan 7ta qabriston o‘rganib chiqildi. Cho‘kkan qabrlarda odamlar qoldiqlari aniqlanmagan. 85ta qabr tiklandi va ishlar davom ettirilmoqda, dedi Aripov.

Kiritildi: 21:36 16.05.2020. O'qildi: 2682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!