Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sardoba fojiasi aybdorlarining to‘liq ism-shariflari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

A A A
Sardoba fojiasi aybdorlarining to‘liq ism-shariflari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Sardoba fojiasi aybdorlarining to‘liq ism-shariflari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan press klubda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar ber berdi.

"Bironta bir holat bo‘lsa odamlar bir pasda aybdorlarni topib unga jazo tayinlab, hukm o‘qib yuborishadi. Bu albatta noto‘g‘ri. Hech bir shaxs aybi isbotlanmaguncha, sud hukmi kuchga kirmaguncha aybdor hisoblanmaydi. Bu Konstitusiya bilan kafolatlangan. Jinoyat prosessual kodeksining talabiga ko‘ra har qanday jinoyat ishi bo‘yicha tergov 3 oy muddatda tugashi lozim. Zarurat bo‘lgan paytdagina bu muddat 5-7 oygacha uzaytirilish mumkin. Tergov davomida barcha zarur harakatlar amalga oshiriladi, maqbul dalillar to‘planadi. Bu ish bo‘yicha (Sardoba fojiasi - tahr.) 170 shaxs so‘roq qilindi. O‘sha paytda aybdor shaxslar doirasi aniqlanadi va tegishli tartibda ularga ayb e’lon qilinadi va jinoyat ishi tamomlanib, ayblov xulosasi bilan sudga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuboriladi", - dedi Shamsutdinov.

Bosh prokuratura vakili JPKda odil sudlovni faqat sudlar amalga oshirishi belgilab qo‘yilganini aytib, jinoyat ishi sudga yuborilgandan keyin sud tomonidan ko‘rib chiqilib, tergov davomida to‘plangan dalillar maqbulligi tekshirilib, aybdorlarning har biriga huquqiy baho berilib, jazo tayinlanib, hukm chiqarilishini bildirdi. Hukm qonuniy kuchga kirgandan keyingina aybdorlarning ism-familiyalarini keng ommaga e’lon qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 15:20 16.05.2020. O'qildi: 7023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!