Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sankt-Peturburgda tunda uyiga qaytayotgan sotuvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Sankt-Peturburgda tunda uyiga qaytayotgan sotuvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgning Kirov tumanida polisiya 27 yoshli do‘kon xodimasini zo‘rlagan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda «Argumenti i fakti» xabar bermoqda.

Jinoyat 18 oktyabrga o‘tar kechasi sodir etilgan. Zo‘ravon Aleksandrino bog‘i hududida qizning yo‘lini to‘sgan. Voqea qiz tungi soat taxminan 01:00 da uyiga ketayotganida sodir bo‘lgan.

Polisiya voqea ro‘y bergan kunning ertasiga videokuzatuv kameralari yordamida jinoyatchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu payt u boshqa kvartirada yashirinishga ulgurgan o‘zbekistonlik 21 yashar yigit bo‘lib chiqqan.

U ikki sutkaga hibsga olingan va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 20:00 20.10.2019. O'qildi: 3824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!