Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

San’atkorlar uchun ibrat! Qashqadaryolik xonanda konsertidan tushgan 50 mln so‘mni «Obod qishloq» dasturi uchun o‘tkazib berdi

San’atkorlar uchun ibrat! Qashqadaryolik xonanda konsertidan tushgan 50 mln so‘mni «Obod qishloq» dasturi uchun o‘tkazib berdi

Qashqadaryolik xonanda Umriuzoq Quvvatov xayriya konserti berdi. Bu haqda «daryo.uz» ma’lum qildi.

Can’atkor konsertdan tushgan 50 million so‘mni «Mahalla» jamg‘armasi Mirishkor tumani bo‘limi hisob raqamiga o‘tkazib berdi. Ushbu mablag‘ «Obod qishloq» dasturi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga sarflanadi.

Ma’lumot uchun, mazkur dastur asosida joriy yilda Qashqadaryo viloyatining o‘zida 32 ta qishloq va mahallada ishlar boshlab yuborildi. Bu qariyb 50 ming xonadon, 262 mingdan oshiq aholining yashash sharoitida katta o‘zgarishlar bo‘ladi, degani.

Kiritildi: 15:59 12.08.2018. O'qildi: 2286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!