Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar 17 va 19 yoshda bo‘lgan. Ular hujumdan so‘ng o‘z joniga qasd qilishgan va jasadlari avtomobil ichidan topilgan.
Halok bo‘lganlardan biri qo‘riqchi bo‘lib chiqdi. U yanada kattaroq fojianing oldini olishda muhim rol o‘ynagan, deyiladi xabarda.
Avvalroq, AQShdagi masjidda ikki nafar o‘smir otishma sodir etgani haqida xabar bergan edik.
Eerakt Kaliforniya shtatining San Diyego shahridagi Islom markazida yuz bergan. Polisiya xodimlari 17 va 18 yoshli gumonlanuvchilarni masjiddan bir necha kvartal naridagi mashina ichidan o‘z joniga qasd qilgan holda topgandi.