Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Samvel Babayan klubi saralash bosqichidan o‘tolmadi

A A A
Samvel Babayan klubi saralash bosqichidan o‘tolmadi

Latviyaning Spartak (Yurmala) klubi Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Latviyaliklar dastlabki bellashuvda Serbiyaning nomdor «Srvena Zvezda» klubi bilan munosib o‘ynab, 0:0 hisobidagi durangga erishgandi. Biroq, javob bahsida serbiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, «Spartak»ni musobaqadan chiqarib yuborishdi.

Endi «Spartak» yo‘lini Yevropa Ligasida davom ettiradi va 2-saralash bosqichida San-Marinoning «La Fiorita» klubi bilan bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan «Spartak» klubida texnik direktor lavozimida ishlamoqda.

Manba: hordiq.uz

Kiritildi: 13:00 19.07.2018. O'qildi: 1648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik