Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Samosud»ni videoga olib tarqatgan shaxs 22 million so‘m jarimaga tortiladi​​​​​​​

«Samosud»ni videoga olib tarqatgan shaxs 22 million so‘m jarimaga tortiladi​​​​​​​

«Samosud»ni videoga olib internetda tarqatgan shaxs 22 million so‘mdan ortiq jarimaga tortiladi. Bu haqda IIV tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev ma’lum qildi.

«Samosud» jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 130 (prim)-moddasi, ya’ni zo‘ravonlik va yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, uni tarqatish yoki joylashtirganlik uchun avvalombor ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.

Bunda jismoniy shaxslarga 100 baravargacha miqdorda, ya’ni 22 million so‘mdan ziyod jarima jazosi qo‘llanishi, uning harakatlari jinoyatni keltirib chiqaradigan bo‘lsa, 3 yilgacha axloqni tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan», deydi mutaxassis.

Kiritildi: 19:39 15.01.2021. O'qildi: 2189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!