Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Samarqandlik fuqaro Jizzaxda jinoyatga qo‘l urdi

A A A
Samarqandlik fuqaro Jizzaxda jinoyatga qo‘l urdi

 Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limiga Jizzax shahar, Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvchi 1986 yil tug‘ilgan E.G. o‘g‘irlik jinoyatidan jabrlanganligini yuzasidan murojaat qildi. 

Shikoyatchining bildirishicha, noma’lum shaxs oziq-ovqat do‘konidan 5 million so‘mdan ko‘proq pullarini o‘g‘irlab ketgan.

Soha vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyat Samarqand viloyati, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1999 yilda tug‘ilgan X.U. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. 

Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
 

Kiritildi: 17:14 02.11.2020. O'qildi: 2301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik