Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandlik erkak o‘g‘lini qanday o‘ldirganini aytib berdi

Samarqandlik erkak o‘g‘lini qanday o‘ldirganini aytib berdi

Samarqand viloyatida erkak o‘z o‘g‘lini o‘ldirdi. Bu haqda STV telekanali xabar qildi.

Hodisa shu yil 21 fevral kuni sodir bo‘lgan. Surishtiruvlar natijasida ish jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida ko‘rib chiqildi. Sudda erkak jinoyatni qanday sodir etgani haqida gapirdi.

“Biz restoranda qizimning tug‘ilgan kunini nishonladik. Keyin bayram uyda davom etdi. Biz spirtli ichimlik ichdik. O‘g‘lim bilan tortishib qoldim. U meni o‘ldirish bilan tahdid qildi. Men o‘zimni himoya qilish maqsadida qo‘limga pichoq olib, uning bo‘yniga urdim. U yerga yiqilgach, pichoq bilan uning yuzi, boshi va tanasining boshqa joylariga urdim. Keyin nima bo‘lganini eslay olmayman...”, – dedi erkak sud zalida.

Sud qaroriga ko‘ra erkak JKning 97 va 57 moddalari bilan aybdor deb topilgan. Endi u umrining 6 yilini qamoqda o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:10 15.07.2020. O'qildi: 8380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!