Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqanddagi qurilish hududida daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Samarqanddagi qurilish hududida daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Samarqandda daraxtlarni noqonuniy kesib tashlanganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi hamda shahar nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat reyd tadbiri olib borilgan. Tadbir davomida Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan “S.E.SH” MCHJ tomonidan daraxtlar kesib tashlangani aniqlangan.

Holat bo‘yicha olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, qurilish korxonasi mas’ullari tomonidan hududda mavjud 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxtni ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilingan.

Samarqanddagi qurilish hududida daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi

Hozirda daraxtlarning yo‘q qilinishi natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanib, jinoyat alomatlari bo‘lgani uchun tegishli hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan.

Kiritildi: 14:52 07.07.2024. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!