Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqanddagi kafeda chindan ham qurtlagan go‘sht sotilganmi? Vaziyatga oydinlik kiritildi (video)

Samarqanddagi kafeda chindan ham qurtlagan go‘sht sotilganmi? Vaziyatga oydinlik kiritildi (video)

Oldinroq Samarqanddagi kafelarning birida xo‘randalar uchun dasturxonga qurtlagan go‘sht tortilganligi haqida aytilib, xabarga holat aks etgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvir ham ilova qilingan edi. Videotasvirda mijozlar ushbu kafening nomi Ulfatlar ekanligini aytib o‘tishgan.

O‘zA muxbiri orqali ushbu holatga aniqlik kiritilib, Samarqanddagi Ulfatlar kafesi ish boshqaruvchisi hali bu masalada mijozlar tomonidan hech qanday shikoyat bo‘lmagani, bu qasddan restoran nomiga dog‘ tushirish niyatida qilingan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Aslida ham pishirilgan go‘sht ichiga tirik qurt hasharotlarining qanday tushib qolishi mumkinligi bir oz shubhali holat edi.

19 aprel kuni Samarqand viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari tomonidan Ulfatlar restorani oshxonasidagi ahvol o‘rganilgan. O‘rganish davomida restoran oshpazlari taom tayyorlash jarayonida belgilangan tartiblarga rioya etayotgani aniqlangan.

Kiritildi: 09:49 20.04.2019. O'qildi: 4168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!