O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9-10 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlagan edi.
Mamlakatimiz rezidenti o‘z nutqida Samarqand shahrida turizm yo‘nalishidagi universitut ochilishi va unda barcha mamlakat fuqarolari ta’lim olishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.
"Jahon sayyohlik tashkiloti bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsadga muvofiq va g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz. O‘zbekiston birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tamaddunlar chorrahasi – Samarqand shahrida «Ipak yo‘li» turizm universiteti tashkil etishni taklif qiladi.
Mazkur o‘quv muassasasida turizm sohasining eng yaxshi mutaxassislari dars berishi, barcha a’zo mamlakatlardan talabalar tahsil olishi mumkin bo‘ladi", deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.