Unda olimlar Afrosiyob yodgorligida qo‘shma arxeologik ekspedisiya o‘tkazishga kelishib oldi. Mazkur hududda avvalroq Tan sulolasi davriga oid artefaktlar topilgani ma’lum qilindi.
@Sputnikuzbek muxbirining xabar berishicha, joriy yilning noyabr oyida Xitoyning Loyin shahrida “Samarqand muzeylari haftaligi”, Samarqandda esa “Xitoy muzeylari haftaligi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Xitoyda stajirovkalar tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.
Simpozium yakunida Samarqand arxeologiya instituti hamda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.