Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda uyidan osilgan holda topilgan yigit fermer emas, yollanma ishchi ekan

Samarqandda uyidan osilgan holda topilgan yigit fermer emas, yollanma ishchi ekan

30 yanvar kuni internet nashrlarida 21 yoshli fermer yigit uyi molxonasida osilgan holda topilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Paxtachi tuman hokimligi mazkur hodisa bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qildi.

Qayd etilishicha, tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, Istiqbol mahallasi faollari 2019 yilning 28 yanvar kuni o‘z joniga qasd qilgan O.N.ning xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolaridan hol so‘ragan. Mahalla faollari ushbu oila tinch-totuv yashagani, uyda hech qanday janjal bo‘lmagani, ro‘zg‘orda iqtisodiy yetishmovchilik mavjud emasligini ta’kidlagan.

Ular ixtiyorida 26 sotix yer maydoni bo‘lib, shundan 8 sotixida issiqxona barpo etilgan. Oila uchun daromad yetarli bo‘lgan.

Marhum fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan va hech bir fermer xo‘jaligida ham ishlamagan. U onasi va akasi bilan Navoiy shahridagi mebel do‘konida yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelgan, deb yozadi Zarnews.uz.

Kiritildi: 11:22 01.02.2019. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!