Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda o‘quvchini urgan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Samarqandda o‘quvchini urgan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Oqdaryo tumanida direktor o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagan"i aytilgan videoga rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, mazkur holat Oqdaryo tumanidagi 53-maktabda sodir bo‘lgan. Ikki hafta oldin maktabning 4 "V" sinfida o‘qiyotgan 10 yashar o‘quvchiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari qo‘l ko‘targan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jangirov, tuman XTB mudiri S.Ortiqova va boshqa mas’ullar ushbu holat bo‘yicha o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borishgani qo‘shimcha qilingan.
O‘rganish davomida maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagani o‘z isbotini topgan. Shundan so‘ng rahbar o‘z vazifasidan ozod qilingan.
Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida esa maktab jamoasi ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Kiritildi: 12:43 04.10.2021. O'qildi: 2151 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!