Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda “uddaburon” tadbirkorning faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqandda “uddaburon” tadbirkorning faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basiga tayanib Xalq so‘zi onlayn xabar berdi.

O‘tkazilayotgan shunday nazorat tadbirlarida tegishli hujjatsiz faoliyat yuritayotgan ayrim fuqarolarning noqonuniy faoliyati fosh etilmoqda. Jumladan, viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tashkil etilgan nazorat tadbirida fuqaro O.D davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

-Afsuski daromad olishga aqli yetgan, ammo faoliyatini qonuniylashtirmagan uddaburon tadbirkor lar hamon uchrab turibdi,-deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi Salim Mamatqulov.- Fuqaroga faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha huquqiy maslahat berildi. Uning 9 turdagi, jami qiymati 72 290 000 so‘mlik pishiriq va shirinliklar uchun mo‘ljallangan qutilari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Kiritildi: 11:35 19.02.2019. O'qildi: 1338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!