Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda tog‘alar yosh jiyanini onasining ko‘z o‘ngida vahshiylarcha o‘ldirdi

Samarqandda tog‘alar yosh jiyanini onasining ko‘z o‘ngida vahshiylarcha o‘ldirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudida o‘z jiyanini urib o‘ldirgan tog‘alarning jinoyati ko‘rib chiqildi.

"Daryo"ning yozishicha, 2019 yilning 29 mart kuni soat taxminan 21:00 atrofida Zafar va Husan Hayitovlar Kattaqo‘rg‘on tumani «Yangiobod» MFY «Ko‘mir» qishlog‘ida yashovchi singlisi D.Hayitovaning 2005 yilda tug‘ilgan jiyani Behruz Abduhakimovni tartibga chaqirish maqsadida borgan.

Zafar va Husan Hayitovlar voyaga yetmagan jiyani Behruz Abduhakimovni onasi D.Hayitova va voyaga yetmagan singlisi D.Abduhakimovaning ko‘z o‘ngida oyog‘idan arqon bilan shiftga osib qo‘yadi. Oyog‘idan osilgan Behruz Abduhakimovni tog‘alari o‘ta shafqatsizlik bilan tanasining turli joylariga tayoq bilan bir necha marta qasddan urib tan jarohati yetkazgan. D.Hayitova akalariga o‘g‘lini urmasligini iltimos qilishiga qaramasdan ular urishda davom etgan. Natijada Behruz og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

2019 yil 23 iyun kuni marhum Behruz Abduhakimovning otasi SH.Tursunov ushbu judolikka chidolmasdan o‘z joniga qasd qilib vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi sudyasi T.Almamatovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, sud majlisida sudlanuvchilarning jinoiy harakati guvohlarning ko‘rsatmalari asosida o‘z tasdig‘ini topdi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Zafar va Husan Hayitovlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandida (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlar bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi G‘.Negmatovning ma’lum qilishicha, Zafar va Husan Hayitovlarning jinoyat ishi apellyasiya instansiyasi sudlov hay’ati orqali ko‘rib chiqilib, dastlabki sud hukmi o‘z kuchida qoldirilgan.

Kiritildi: 17:51 21.08.2019. O'qildi: 5118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!