Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Samarqandda tabiatga 422 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 422 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolisiya) va Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi tomonidan Toyloq tumani hududidan oqib o‘tuvchi, moratoriy joriy qilingan “Zarafshon” daryosi o‘zanida tungi vaqtda qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi aniqlandi.

O‘rganishlar davomida daryo o‘zanidan noqonuniy qazib olingan noruda materiallar Urgut tumani va Samarqand shahrini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi orqali maxsus beton moslamalar o‘rnatilgan holda tashilib, “ZARAFSHON PROPRIETY SERVICE” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududiga joylashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 422 milliard 648 million 358 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish choralari ko‘rilmoqda. Beton bo‘laklari temir yo‘lga qo‘yilganligi yuzasidan hududiy Ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 yanvardagi 14-son Farmoni bilan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan. Ushbu farmon suv havzalarini muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash hamda daryolarning tabiiy oqimini buzilishining oldini olishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 17:56. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!