Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda suv talashgan uka o‘z akasini miltiqda otib qo‘ydi

Samarqandda suv talashgan uka o‘z akasini miltiqda otib qo‘ydi

Joriy yilning 12 fevral kuni Narpay tumani Xo‘jakarzon mahallasidagi fermer xo‘jaligi hududida aka-ukalar o‘rtasida ariqdan suv o‘tkazish masalasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Tortishuv janjalga aylanib, uka o‘ziga tegishli «IJ-18» rusumli ov qurolidan akasiga qarata o‘q uzgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning tanasida bosh va yuz qismi, bo‘yin, yelka sohalarida o‘q otilishiga xos og‘ir jarohatlar aniqlangan.

Ukaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!