Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Samarqandda qarzdorning 6,2 mlrd. so‘mlik mexmonxonasi savdoga chiqarildi

Samarqandda qarzdorning 6,2 mlrd. so‘mlik mexmonxonasi savdoga chiqarildi

Milliybank AJ tomonidan Samarqand shahridagi “R.P.” S-d. mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit ajratilgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 4 milliard 650 million so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.

Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2025 yil 12 martdagi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdorlikni undirish uchun garovga qo‘yilgan korxona binosiga yo‘naltirilgan. Shunga qaramasdan, korxona rahbari tegishli choralarni ko‘rmagan.

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi inspektorlari korxona rahbariyatini bir necha bor ogohlantirib, mol-mulkka taqiq qo‘ygan. Qarz to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk – korxona binosi 6 milliard 250 million so‘mga baholanib, onlayn auksionda sotishga chiqarildi.

Kiritildi: 17:30 18.12.2025. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!