Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Prezident saylovlari oldidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Prezident saylovlari oldidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Samarqandda Demokratiya va inson huquqlari instituti hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasida muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlari oldidan, probasiya nazorati ostida turgan shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ul tashkilot rahbarlari, probasiya nazorati ostida turgan shaxslar hamda ommaviy axborot vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi Sayyora Xodjayevaning “O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning xalqaro me’yorlar mosligi" mavzuida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Shuningdek, bu kabi o‘quv-seminarlar Toshkent viloyatining ma’muriy markazi Nurafshon shahrida ham bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz milliy saylov tizimidagi izchil va keng ko‘lamli islohotlar muddatidan avvalgi Prezident saylovida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikning amalda keng ta’minlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Seminarda saylovga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tanishtirish va ovoz beruvchilarning ishtirok etish salohiyati oshirilishi bo‘yicha axborotlar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga ekspertlar tomonidan atroflicha javob qaytarildi. Shuningdek, Demokratiya va inson huquqlari instituti tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari” nomli qo‘llanma tarqatildi.

Akbarjon ABDURAIMOV,
Demokratiya va inson huquqlari instituti NTT vakili

Kiritildi: 11:56 19.06.2023. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!