Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi

Samarqandda Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi

Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi mutaxassislari Parkinson kasalligi (PK) va ikkilamchi parkinsonizmli bemorlarning hayot sifatini baholash, davolash va reabilitasiya qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tadqiqot o‘tkazdilar. Tadqiqot SF-36 va EQ-5D so‘rovnomalaridan foydalanib o‘tkazildi.

So‘rovnomani o‘tkazishda SamDTI 1-klinikasidan 16 nafar tanlab olindi. Ularning 9 nafarida Parkinson, 7 nafarida ikkilamchi Parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Mazkur guruhlarda nevrologik holat va dori-darmonlarning davolash sxemalari o‘rganildi. Parkinson kasalligi va ikkilamchi Parkinsonizm bilan og‘rigan bemorlarning o‘rtacha yoshi 67,5±6,3 va 62,3±13.05 yil bo‘lib, Parkinson kasalligining Xen-Yaru bo‘yicha nisbatan og‘irlik darajasi 2,07±0.85 tashkil etdi. Kasallikning davomiyligi o‘rtacha 5,5±2,1 yil edi.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, Parkinson kasalligida motor (postural beqarorlik, tinch holatdagi qaltirash va rigidligi) hamda motor bo‘lmagan simptomlarning mavjudligi bemorlarning hayot sifatiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Ikkilamchi parkinsonizmga ega bemorlarda esa motor bo‘lmagan kasalliklarning namoyon bo‘lishi (uyqu buzilishi va vegetativ buzilishlar) kamroq darajada namoyon bo‘ldi.

Tadqiqot o‘tkazgan ekspertlarning aytishicha, Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash psixologik va ijtimoiy muammolarni hal qilish, davolash tavsiyalarini yanada samarali rejalashtirish hamda sozlash imkonini beradi, bu esa oqibatda bemor va uning oilasining hayot sifatining yaxshilanishiga erishishga imkon yaratadi.

Kiritildi: 19:12 23.02.2021. O'qildi: 3614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!