Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda ota 5 yashar o‘g‘lini shafqatsizlarcha tepdi — video

Samarqandda ota 5 yashar o‘g‘lini shafqatsizlarcha tepdi — video

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda ota o‘zi bolasini shafqatsizlarcha tepgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 14:30 lar atrofida Urgut tuman Mergancha mahallasida joylashgan Urgut Savdo kompleksiga savdo qilish uchun kelgan er va xotin voyaga yetmagan farzandlari bilan bozor bo‘ylab yurgan vaqtlarida bozor ichida ota voyaga yetmagan taxminan 5 yoshli o‘g‘il farzandini oyog‘i bilan tepib yerga yiqitgan. Holat savdo kompleksida o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan.

Hodisa yuzasidan voyaga yetmagan bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan otani topish va shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Urgut tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqaro Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani "Qovchin" mahallasida yashovchi A.F. ekanligi aniqlangan.

"Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilgandan so‘ng, natijasi keng jamoatchilikka ma’lum qilinadi", - deyiladi xabarda

Kiritildi: 09:25 05.07.2024. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!