Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining tegishli hukmlari ijrosi ta’minlandi.
Sud hukmlariga muvofiq, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari doirasida ashyoviy dalil sifatida olingan mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Jumladan, 10 ta holat bo‘yicha MCHJga qarashli omborxonada saqlanayotgan qariyb 3 000 dona alkogol mahsulotlari, 200 dan ortiq tamaki mahsulotlari, aloqa vositalari, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz shampun, oziq-ovqat hamda boshqa turdagi mahsulotlar tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Mazkur tadbir noqonuniy mahsulotlarning muomalaga kirib kelishining oldini olish hamda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari ijrosini ta’minlash va qonunbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.