Samarqandda koronavirus infeksiyasi aniqlangan barcha bemorlar viloyatda aniqlangan ilk bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar sanaladi. Bu haqda Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Hozirda ushbu bemorlarning barchasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida muolaja olmoqda, ularning ahvoli qoniqarli.