Samarqand viloyatida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 50 nafar yoshga Labo yuk avtomobillari berildi. Tashabbus yuk tashish sohasida o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashishga qaratilgan.
Loyiha ishtirokchilari orasida qizlar ham bor. Jumladan, Jomboy tumanidan Mohira Safarova to‘rt yillik haydovchilik tajribasiga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Avtomobillar 7 yillik muddatga, yillik 18 foiz stavkada, boshlang‘ich to‘lovsiz kredit asosida taqdim etilmoqda. Bu chora yoshlar orasida tadbirkorlikni rag‘batlantirish va ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirishga xizmat qiladi.