Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda IIB xodimi firibgarlikda ayblanib sudlandi

Samarqandda IIB xodimi firibgarlikda ayblanib sudlandi

Sud xujjatlariga ko‘ra u Pastdarg‘om tumani IIBda profilaktika inspektori vazifasida ishlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, profilaktika inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqorat qilgan qarindoshining ishini sudga oshirmaslikni va’da qilgan.

Shu maqsadda u hamkasbi orqali masalani “yopib qo‘yish” bahonasida qarindoshidan o‘rtadagi vositachi orqali avval 2000 AQSh dollari, keyinchalik yana 800 AQSh dollari talab qilgan.

2025 yil 3 sentyabr kuni oldindan kelishilgan 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining 2025 yil 3 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi 2 yil muddatga IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan hamda 3 yil 11 oy 1 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.

Kiritildi: 11:00 10.01.2026. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!