Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda global narkotahdidlarga qarshi xalqaro forum o‘tkaziladi

Samarqandda global narkotahdidlarga qarshi xalqaro forum o‘tkaziladi

20-21 aprel kunlari Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jamoat salomatligi va xavfsizlgini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum bo‘lib o‘tadi.

Mazkur forumda BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, 500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, forum doirasida yoshlar sammiti tashkil etilib, unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning global muammolar yechimida faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!