Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda fuqarolar manfaati yo‘lida 90,6 mlrd so‘m kompensasiya undirildi

Samarqandda fuqarolar manfaati yo‘lida 90,6 mlrd so‘m kompensasiya undirildi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga kompensasiya undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, umumiy qiymati 143,7 mlrd. so‘m bo‘lgan 305 ta ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan ijro tadbirlari natijasida 250 ta ijro hujjati bo‘yicha 108,7 mlrd. so‘mlik yakuniy qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlar ijrosi doirasida 219 ta ijro hujjati bo‘yicha jami 90,6 mlrd. so‘m kompensasiya mablag‘lari amalda undirilib, da’vogarlarga yetkazib berildi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!